Aliment to‘lamagani uchun qamalgan erkakning ishi qayta ko‘rildi

3-sahifa

image

Alimentni o‘z vaqtida to‘lamagani uchun qamalgan erkak ombudsmanga o‘ziga berilgan jazoni yengillashtirishda yordam so‘rab murojaat qildi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) ma’lum qildi. 

Bildirlishicha, ushbu fuqaro 2023 yil noyabrda Jinoyat ishlari bo‘yicha Bekobod tuman sudining hukmiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topilib, 1 yilga ozodlikdan mahrum etilgan hamda sud zalida qamoqqa olingan.

Shundan so‘ng, ayblanuvchi aliment bo‘yicha qarzdorligini to‘liq qopladi va ombudsmanga o‘ziga tayinlangan jazoni yengillashtirish yuzasidan ariza kiritdi. Ombudsman esa ushbu ariza asosida sudga xulosa kiritdi. Natijada Toshkent viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasining 2024 yil 5 fevraldagi ajrimi bilan sudlanuvchiga 2 oy 15 kun ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.
 
Ma’lumot uchun, 2023 yilda Ombudsmanga aliment undirish bo‘yicha 300 ga yaqin murojaat kelib tushgan. Bu 2022 yilning mos davriga nisbatan 17,8 foizga ko‘p. Ushbu murojaatlarning o‘rganilishi jarayonida xotin-qizlarning voyaga yetmagan farzandlari ta’minoti uchun 80 million 700 ming so‘mlik aliment to‘lovlarining undirilishi ta’minlangan.

Shuningdek, shunday holatlarda 5 nafar shaxsga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan, yana 3 ta holatda qarzdorlar jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Yashnobod tumanida uch nafar xotiniga farzandlari ta’minoti uchun aliment to‘lamay yurgani uchun  qo‘lga olingan erkakning qarzini to‘rtinchi xotini to‘lagandi.


Maqola muallifi

Teglar

sud Aliment ombudsman

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing