Aleksandr Usik va Tayson Fyuri o‘rtasidagi jang qachon o‘tkazilishi mumkinligi aytildi

Sport

image

Ukrainalik Aleksandr Usik va britaniyalik Tayson Fyuri o‘rtasidagi og‘ir vaznda mutlaq jahon chempionlik unvoni uchun jang shu yilning oxirida o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Usik va Tayson o‘rtasidagi jang 2022 yilning 17 dekabriga belgilangan bo‘lishi mumkin va ushbu jang Saudiya Arabistonida tashkil etilishi kutilmoqda.

Saudiya Arabistoni sport vaziri Abdulaziz bin Turki Al-Faysal ushbu jangni Ar-Riyodda uyushtirmoqchi ekanligini aytgan.

Ma’lumot uchun, shu yilning 20 avgust kuni Usik britaniyalik Entoni Joshuaga qarshi ikkinchi jangni o‘tkazib, hakamlar qaroriga ko‘ra, g‘alaba qozongandi. Natijada Aleksandr WBA, WBO, IBF chempionlik kamarlarini o‘zida saqlab qoldi. Tayson esa WBC kamariga egalik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Tayson F'yuri Aleksandr Usik

Baholaganlar

41

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing