Aleksandr Dyukov UEFA’dan chetlatilishi mumkin

Sport

image

Rossiyalik tadbirkor Aleksandr Dyukov Yevropa futbol assotsiayalari ittfoqi (UEFA) ijroiya qo‘mitasi a’zoligidan chetlatilishi mumkin. Rossiyaning Ukrainaga hujim qilgani sabab sifatida ko‘rsatilmoqda. Bu haqda “Daily Mail” xabar bermoqda

Ma’lumotlarga ko‘ra, UEFA rejadan tashqari yig‘ilish o‘tkazadi, unda Dyukovning kelajagi ijroiya qo‘mitasida muhokama qilinadi. Siyosiy vaziyat keskinlashgunga qadar, Aleksandr UEFA’ga homiylarni jalb qilish bilan shug‘ullangan. U ijroiya qo‘mitasining eng nufuzli a’zolaridan biri hisoblanadi. UEFA vakillarining ta’kidlashicha, ayni damda Dyukov ijroiya qo‘mita a’zosi bo‘lib qolmoqda.

UEFA’dagi faoliyatidan tashqari, Dyukov “Gazprom neft” bosh direktori hisoblanadi. Shuningdek, u 2019 yildan beri Rossiya futbol ittifoqiga boshchilik qilib keladi.

Rossiya sportiga kiritilgan cheklovlar 

Rus qo‘shinlari Ukrainaga kirgach, Xalqaro dzyudo federatsiyasi (XDF) Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni tashkilot faxriy prezidenti va elchisi maqomidan mahrum qildi. 

Polsha, Chexiya va Shvetsiya futbol terma jamoasi Jahon chempionatiga saralash doirasida Rossiya bilan o‘yinga borishdan bosh tortdi.

Yevropa futbol uyushmalari ittifoqi (UEFA) 2022 yilgi Yevropa Chempionlar ligasi finali Sankt-Peterburg shahridan Parijga ko‘chirilganini ma’lum qildi.

FIFA  hamda UEFA Rossiya terma jamoalari va klublarini barcha futbol musobaqalaridan chiqarib tashladi.

Xalqaro basketbol federatsiyasi rossiyalik basketbolchilar va rasmiy shaxslarni tashkilot shafeligidagi barcha musobaqalarda ishtirok etishdan chetlashtirdi.

Dunyodagi eng yirik sport kiyimlari kompaniyasi “Adidas” Rossiya futbol jamoalari bilan hamkorlikni to‘xtatganini ma’lum qildi. Shuningdek, Germaniyaning "Shalke 04" klubi va UEFA'ning o‘zi ham Rossiyaning "Gazprom" transmilliy kompaniyasi bilan hamkorlikni to‘xtatdi.

Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi (IPC) rossiyalik va belaruslik atletlarni Pekin-2022 Paralimpiya o‘yinlaridan chetlatdi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

UEFA

Baholaganlar

13

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing