UEFA “Siti”ga qanday jazo qo‘llashi mumkinligi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
14:40 998 1 daqiqa
Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) “Manchester Siti” klubini Yevropa musobaqalaridan yetti yildan o‘n yilgacha chetlatishi mumkin. Bu haqda jurnalist Sezar Augusto Londono X sahifasida xabar berdi.
Uning ma’lum qilishicha, bunday jazo klub apellyatsiya shikoyati berganidan keyin ham jamoa Angliya Premer-ligasining moliyaviy qoidalarini buzganlikda aybdor deb topilgan taqdirda qo‘llanishi mumkin.
Premer-liganing mustaqil moliyaviy hisobot komissiyasi “Manchester Siti”ni 2009-2018 yillar oralig‘ida sodir etilgan 115 ta moliyaviy qoidabuzarlikning aksariyat qismida aybdor deb topgan. Komissiya ma’lumotlariga ko‘ra, klub o‘z daromadlarini taxminan 830 million funt sterlingga oshirib ko‘rsatgan, noto‘g‘ri ma’lumotlarning umumiy miqdori esa 900 million funt sterlingdan oshgan.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda Sport arbitraj sudi (CAS) UEFA’ning “Manchester Siti”ni moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgani uchun ikki mavsumga Yevropa musobaqalaridan chetlatish haqidagi qarorini bekor qilgan edi.
Live
Barchasi