“Al-Bayan” saroyida Mirziyoyev sharafiga tantanali qabul marosimi uyushtirildi

Jamiyat

image

Bugun, 17 fevral kuni Al-Quvayt shahridagi “Al-Bayan” saroyidagi muzokaralar yakunlangach, Prezident Shavkat Mirziyoyev sharafiga Quvaytdagi diplomatik missiyalar rahbarlari ishtirokida tantanali qabul marosimi uyushtirildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Oldinroq, Shavkat Mirziyoyev va Shayx Mish’al as-Saboh Al-Quvayt shahridagi "Al-Bayan" saroyida tor doirada uchrashuv hamda rasmiy delegatsiyalar a’zolari ishtirokida muzokara o‘tkazgandi. Suhbat davomida O‘zbekiston bilan Quvayt o‘rtasidagi do‘stlik va ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqilgan.

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Quvayt Davlati Amiri Shayx Mish’al as-Saboh O‘zbekiston-Quvayt keng qamrovli sheriklik munosabatlarini rivojlantirish to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qildi. 

Shuningdek, quyidagi hujjatlar imzolandi:

  • Sanoat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Havo qatnovi to‘g‘risidagi bitimga bayonnoma;
  • Mehnat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • “Aqlli” shaharlarni barpo etish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • San’at va madaniyat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Turizm sohasida 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi;
  • Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi bilan hamkorlik to‘g‘risida bitim.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Quvayt Shayx Mish'al as-Saboh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing