Al-Aqsoda to‘qnashuv: Musulmon va yahudiylar mojarosi ortida nima turibdi? (fotoreportaj)

Olam

image

Xabaringiz bor, kecha, 15 aprel kuni Quddusdagi Al-Aqso masjidida falastinliklar va Isroil politsiyasi o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi. Bunga Isroil politsiyasining muqaddas ziyoratgoh hududiga bostirib kirishi sabab bo‘ldi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuvlarda 152 nafar falastinlik jarohatlangan, 500 nafarga yaqini Isroil politsiyasi tomonidan hibsga olingan.

Falastin Qizil Yarim oy qutqaruv xizmati bayonotiga ko‘ra, ko‘pchilik falastinliklar rezina o‘qlar, shovqinli granatalar va politsiya xodimlari tayog‘idan jarohatlangan.

To‘qnashuvlar, ayniqsa, nozik bir vaziyatda sodir bo‘lmoqda. Gap shundaki, bu yil Ramazon oyi yahudiylarning bir haftalik asosiy bayrami bo‘lgan Fisih (Pasxa) bayramiga to‘g‘ri keldi, u juma kuni quyosh botganda boshlandi va Pasxa yakshanbasida yakuniga yetadigan Xristianlarning Muqaddas haftasiga to‘g‘ri keladi. Bu vaqtda yahudiylar ham Al-Aqsoning g‘arbiy devori oldida ibodat qiladi. Bu holat musulmonlarning noroziligiga sabab bo‘lgan. Bayramlarda o‘n minglab dindorlar Quddusning Eski shaharida to‘planishi kutilmoqda, u yerda har uch din uchun muqaddas bo‘lgan asosiy joylar joylashgan.

Misr, Qatar va Birlash Millatlar Tashkiloti to‘qnashuvlarning kelgusida davom etishining oldini olish maqsadida G‘azo sektorini nazorat qiluvchi HAMAS boshqaruvidagi guruhlar va Isroil o‘rtasida vositachilikni boshlagan.

HAMAS Isroildan kecha qo‘lga olingan 500 ga yaqin falastinlikni ozod qilishni, yahudiy guruhlarining Al-Aqso masjidiga provokatsion tashriflarini va G‘arbiy sohildagi shaharlarga harbiy hujumni to‘xtatishni talab qilgan.

Hozirgacha Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Yaman, Iroq, Liviya, Iordaniya va Turkiya Isroil kuchlarining Al-Aqsoga kiritganini qoralab chiqdi.

1

Ma’lumot uchun, Quddusdagi “Al-Aqso” masjidi musulmonlarning birinchi qiblasi hisoblanadi.

Mutaassib yahudiylar ziyoratgoh shoh Sulaymon maqbarasi vayronalari o‘rnida barpo etilgan deb, masjid hududiga tez-tez bostirib kiradi.

Isroil va Iordaniya o‘rtasida 1994 yilda tuzilgan kelishuvga binoan “Al-Aqso” masjidi Quddus Islom jamg‘armalari boshqarmasi tomonidan boshqariladi.

Biroq, 2003 yildan beri yahudiylar ma’muriyat ruxsatini e’tiborga olmay, Isroilning bir tomonlama qarori bilan politsiya hamrohligida ziyoratga bostirib kirishni boshladi. Islom jamg‘armalari boshqarmasi bunday harakatlar musulmonlar suverenitetining buzilishi ekanini ta’kidlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Al-Aqso Isroil

Baholaganlar

771

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing