Akmal Burxonov yana bir tashkilot rahbarligiga tayinlandi
Jamiyat
−
19 dekabr 2019
8594“Yuksalish” umummilliy harakati raisi Akmal Burxonov Nagoya Universiteti bitiruvchilari assotsiatsiyaning O‘zbekiston filiali rahbari etib saylandi. Bu haqda harakatning Telegram’dagi sahifasida xabar berildi.
Nagoya universiteti bitiruvchilari assotsiatsiyasi 2000 yilda tashkil etilgan va bugungi kunda 14 ta mamlakatda uning filiallari mavjud. Toyota korporatsiyasining faxriy raisi Shoichiro Toyoda ushbu assotsiatsiya prezidenti hisoblanadi.
Bitiruvchilar assotsiatsiyasi a’zolarining so‘nggi yig‘ilishida “Yuksalish” umummilliy harakati raisi, Nagoya universiteti bitiruvchisi Akmal Burxonov O‘zbekiston filialiga rahbar etib saylandi. Endilikda u bir vaqtning o‘zida ushbu lavozimda ham faoliyat yuritadi.
O‘zbekiston filiali ushbu ta’lim dargohini bitirgan o‘zbekistonlik talabalar, yosh olimlar hamda universitet o‘rtasida kelgusi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, shuningdek boshqa mamlakat bitiruvchilarini ham ilm-fan, qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, o‘zaro tajriba almashish jarayonlariga faol jalb qilishga ko‘maklashishga xizmat qiladi.
Ma’lumki, Nagoya universiteti dunyodagi yetakchi ta’lim muassasalari sifatida e’tirof etiladi. Ko‘plab Nobel mukofoti sovrindorlari va boshqa mashhur olimlar ushbu universitet bitiruvchilari hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, bugungi kunga qadar 400 dan ortiq o‘zbekistonlik talaba va tadqiqotchilar ushbu dargohda tahsil olib qaytishgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 18 dekabr kuni ushbu universitetga tashrif buyurgan edi. Tashrif bahonasida Shavkat Mirziyoyevga universitet faxriy doktori unvoni berildi.
LiveBarchasi