Akbar Jo‘rayev Jahon chempionligini qanday qo‘lga kiritdi? (fotogalereya)

Sport

2

Kecha, 16 dekabr kuni Toshkentda davom etayotgan og‘ir atletika bo‘yicha Jahon chempionatining 9-kunida erkaklar o‘rtasida 109 kggacha bo‘lgan vaznli atletlar o‘rtasida final bellashuvi o‘tkazildi va unda Akbar Jo‘rayev g‘alaba qozonib, Jahon chempioniligini qo‘lga kiritdi.

Dast ko‘tarish bahslarida o‘zbekistonlik Akbar Jo‘rayev kichik oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ushbu mashqda kumush medal 188 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirgan armanistonlik Simon Martirosyanga nasib etdi. 3-o‘rinni esa 185 kg natija ko‘rsatgan Ruslan Nuriddinov egalladi.

Akbar Jo‘rayev 196 kg natija bilan eng yaqin ta’qibchisini 8 kilogramm ortda qoldirdi.

Siltab ko‘tarish bahslarida ham Jo‘rayev eng yaxshi natijani qayd etdi (238 kg). 236 kg natija ko‘rsatgan Nuriddinov kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Martirosyan (216 kg) 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi. 

Shu tariqa umumiy hisobda 433 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirgan Jo‘rayev Jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. U joriy yil avnust oyida Tokio Olimpiadasida ham oltin medalga sazovor bo‘lgan edi. Kumush medal Nuriddinovga, bronza esa Martirosyanga nasib etdi.

Erkaklar: 109 kg.

1. Akbar Jo‘rayev – 433 kg (196+238 kg);
2. Ruslan Nuriddinov – 421 kg (185+236 kg;
3. Simon Martirosyan – 416 kg (188+228 kg). 

Eslatib o‘tamiz, Nuriddinov Rio-2016, Jo‘rayev esa Tokio-2020 Olimpiadasida Martirosyanni ortda qoldirib, oltin medalga sazovor bo‘lgan edi.


 


Maqola muallifi

Teglar

Og'ir atletika Ruslan Nuriddinov Akbar Jo'raev

Baholaganlar

175

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made