Akbar Jo‘rayev kumush, Nuriddinov esa bronza medalini qo‘lga kiritdi

Sport

image

Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari – Akbar Jo‘rayev va Ruslan Nuriddinov Osiyo o‘yinlarining sovrindoriga aylandi. 

-109 kg vazn toifasida ishtirok etgan Akbar Jo‘rayev jami 417 (189+228) kg tosh ko‘tarib, kumush medalni qo‘lga kiritdi. Ruslan Nuriddinov esa 391 (175+216) kg bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi. 

Ushbu yo‘nalishda g‘oliblik siltab ko‘tarish va ikki kurash bo‘yicha Osiyo o‘yinlari rekordini o‘rnatgan xitoylik sportchiga nasib etdi. Huanhua Liu 418 (185+233) kg natija ko‘rsatdi.


Maqola muallifi

Teglar

Og'ir atletika Akbar Jo'raev Nuriddinov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing