Akademik Nazar To‘rayev vafot etdi

Jamiyat

image

Bugun, 3 oktyabr kuni akademik, fizik olim Nazar To‘rayev 85 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi ma’lum qildi.

Nazar To‘rayev 1938 yil Surxondaryo viloyatining Denov tumanida tug‘ilgan. 

Akademik fizika masalalarini kompyuterda algoritmlab yechishni O‘zbekistonda birinchi bo‘lib amalga oshirgan. Uning rahbarligida lazer nuri bilan qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini nurlantirish ilmiy laboratoriyalari tashkil etilgan.

Nazar To‘rayev 1961-1976 yillarda Samarqand davlat universitetini tamomlab, Yadro fizikasi hamda Toshkentdagi Elektronika institutida ishlagan.

1988 yilda u O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi bo‘lgan. Shuningdek, u 1990-1995 yillarda O‘zbekiston Oliy Kengashi deputati bo‘lib ham ishlagan. 1998 yil “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan. 2001 yilda esa O‘zbekiston Fanlar akademiyasi ilmiy o‘quv markazi direktori etib tayinlangan.

“Uning O‘zbekiston fizikasi rivojiga qo‘shgan hissasi, ezgu ishlari shogirdlari, yaqinlari qalbida mangu yashaydi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi nomidan marhumning oila a’zolari va barcha yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz”, deyiladi akademiya xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Fanlar akademiyasi Nazar To'raev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing