Aka-uka Jeenbekovlar Japarovni poraxo‘rlikda ayblagan faolni sudga berdi
Olam
−
29 may 2021
6800Qirg‘izistonning sobiq Prezidenti Sooronboy Jeenbekov va uning ukasi Asilbek Jeenbekov jamoatchilik faoli Melis Aspekovni sudga berdi. Bunga u aka-uka Jeenbekovlarni amaldagi Prezident Sadir Japarovning saylovoldi kampaniyasini moliyalashtirishda ayblagani sabab bo‘ldi.
Siyosatchilarning advokatlari Aspekov Jeenbekovlarga tuhmat qilgan va bu uchun bir million som (taxminan 126 mln so‘m) tovon to‘lashi kerak. Shuningdek, huquqshunoslar e’lon qilingan ma’lumotlarning noto‘g‘ri deb tan olishni talab qilyapti.
Javobgardan olingan million somni Jeenbekovlar bolalar uyiga xayriya qilmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Aspekov Sadir Japarov saylovoldi kampaniyasi uchun Jeenbekovlardan 10 mln dollar olganini iddao qilib chiqqandi. Hozirda uning o‘zi ta’magirlikda gumon qilinib, qamoqqa olingan.
LiveBarchasi