AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari o‘qqa tutilishi oqibatida 20 harbiy jarohatlandi

Olam

image

O‘tgan hafta AQSHning Suriya va Iroqdagi harbiy bazalariga bir qator hujumlar uyushtirilgandi. Oqibatda 20 dan ortiq amerikalik askar jarohatlandi. Bu haqda AQSH Markaziy qo‘mondonligi “NBC News” telekanaliga ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, 18 oktyabr kuni Suriyadagi al-Tanf bazasiga uchuvchisiz samolyot hujumi sodir etilgan kuni 20 nafar amerikalik harbiy yengil jarohatlangan.

Shu kuni Iroqdagi al-Asad aviabazasiga uyushtirilgan hujumda to‘rt nafar amerikalik harbiy yaralangan. U yerda amerikalik pudratchi yurak xuruji tufayli vafot etgan.

Iroq Islomiy qarshilik harakati a’zolari Amerika harbiy bazalariga qilingan hujumlar uchun javobgarlikni o‘z zimmalariga olgan.

Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi bir hafta ichida AQSHning Iroqdagi bazalariga kamida 10 marta, Suriyada esa 3 marta hujum qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Yaqin Sharq harbiy baza

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing