“AQSHning ukalari bilan faqat qurol orqali gaplashish mumkin”. “Hizbulloh” Eronni olqishladi
Olam
−
15 aprel
8403Iroqning "Kataib Hizbulloh" shia qurolli guruhi Eronning Isroilga qarshi jazo amaliyotini olqishlab, AQSH va uning vassallari bilan boshqacha tilda gaplashib bo‘lmasligini aytdi. Bu haqda IRNA axborot agentligi xabar berdi.
"Ushbu operatsiya dushmanning tajovuzkorligini tiyib qo‘yish yechimidir. AQSH va uning vassallarini turli xalqlarga qarshi jinoyatini to‘xtatishga qancha chaqirmaylik foydasi yo‘q. Ular "qurol tili"dan boshqasini tushunmaydi”, deyiladi guruh bayonotida.
Eron va Isroil ziddiyatining keskinlashuvi
1 aprel kuni Isroil Damashqdagi Eron konsulligi binosiga havo hujumi uyushtirdi. Hujum oqibatida Eron inqilobi qo‘riqchilari korpusining 7 nafar a’zosi halok bo‘ldi, ulardan ikki nafari general darajasida edi.
Eron Isroilning konsullikka hujumi o‘z hududiga qilingan hujum ekanini va u o‘ch olishini aytdi.
Isroil ham Eron hujumlariga javob berishini e’lon qildi.
14 aprelga o‘tar kechasi Eron Isroilga yuzlab kamikadze dronlari, ballistik va qanotli raketalar bilan hujum uyushtirdi va ba’zi harbiy nishonlarga zarba berilganini aytdi.
Isroil hujumlarning aksariyati havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan to‘xtatilganini bildirdi, biroq bitta raketa mamlakat janubidagi harbiy bazaga tegdi.
LiveBarchasi