AQSHning millionlab aholisi chiroqsiz qoldi
Olam
−
16 fevral 2021
4267AQSHning janubiy shtatlaridagi millionlab aholi noodatiy sovuq ob-havo tufayli elektrsiz qoldi. Eng ko‘p zararni Texas shtati ko‘rdi.
Mamlakatdagi elektr ta’minotidagi uzilishlarni kuzatib boradigan poweroutage.us saytiga ko‘ra, hozirda AQSHda 4 milliondan ortiq kishi elektr energiyasiz qolgan bo‘lsa, shundan 3,6 milliondan ortig‘i Texas aholisi hisoblanadi.
Ob-havo, shuningdek, 400 ming dozali COVID-19 vaksinasini yetkazib berishni ham to‘xtatgan, ularning kelishi kamida shu haftaning chorshanba kunigacha qoldirgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab 3000 dan ortiq reyslar kechiktirilgan. Ularning ham yarmidan ko‘pi Texas shtatiga to‘g‘ri kelgan.
LiveBarchasi