AQSHning B-2 bombardimonchilari Yaqin Sharqqa yo‘l oldi – OAV

Olam

image
Isroil Eronning yadroviy ob’ektlarini yo‘q qilishda katta xavfga duch keladi – tadqiqot north_east

Isroil Eronning yadroviy ob’ektlarini yo‘q qilishda katta xavfga duch keladi – tadqiqot

AQSHning Missuri shtatidagi Whiteman harbiy-havo bazasidan havoga ko‘tarilgan B-2A Spirit turidagi maxfiy bombardimonchi samolyotlar guruhi Hind okeanidagi strategik baza – Diego-Garsiya oroli tomon harakatlanmoqda. Bu haqda UK Defence Journal xabar berdi.

Nashrning yozishicha, bombardimonchilarni Kanzas ustida sakkizta KC-135 Stratotanker yoqilg‘i quyuvchi samolyotlari kuzatib borgan. Bu harakatlar AQSH tomonidan Isroil va Eron o‘rtasidagi keskinlik kuchaygan bir paytda amalga oshirilmoqda.

“So‘nggi haftalarda mintaqaga o‘nlab AQSH harbiy samolyotlari, jumladan, qiruvchi uchoqlar, yoqilg‘i quyuvchilar va razvedka platformalari yuborildi. AQSH Harbiy-dengiz kuchlarining ikki yirik aviatashuvchisi ham boshqa havo va dengiz kuchlari bilan birga harakat qilmoqda”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, B-2A Spirit bombardimonchisi – Northrop Grumman tomonidan ishlab chiqilgan strategik maxfiy samolyot bo‘lib, ilk parvozini 1989 yilda amalga oshirgan. U 15 ming metr balandlikka chiqib, 18 tonnagacha yuk ko‘tarishi mumkin. Qurollanishida odatiy hamda yadro kallaklari bo‘lishi mumkin. Ekipaj ikki kishidan iborat.

B-2 bombardimonchilari ilgari NATOning 1999 yilda Yugoslaviya bombardimoni, shuningdek, Iroq va Afg‘onistondagi urushlarda faol ishtirok etgan. Maxfiylik texnologiyasi tufayli u kuchli havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari mavjud hududlarda ham samarali harakat qila oladi.

UK Defence Journal’ning xabar berishicha, bu samolyotlar Massive Ordnance Penetrator, ya’ni yer ostidagi mustahkam ob’ektlarni yo‘q qilishga mo‘ljallangan og‘ir yuqori aniqlikdagi bombalarni tashishga qodir. B-2 shu tarzda oddiy bombalar va qanotli raketalar yetib bora olmaydigan yer osti nishonlarini, jumladan, Fordodagi ob’ektlarni nishonga olish imkoniga ega.

Fordo Tehron janubida joylashgan, uranni boyitish zavodi bo‘lib, Eron yadroviy dasturining asosiy ob’ektlaridan biri sanaladi. Bu yerda joylashgan inshootlar yer ostida barpo etilgan. Isroilda ushbu ob’ektdagi tuzilmalarni yo‘q qilish uchun zarur bo‘lgan 13 tonnalik bunkerbuzar bombalar va ularni yetkazib bera oladigan B-2 bombardimonchilari yo‘q. AQSH esa ham bombalarga, ham ularni yetkazish quvvatiga ega.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Fox News” muxbiri Jeki Xaynrik Oq uydagi mansabdor shaxsga tayanib, AQSH Eronning Fordodagi uranni boyitish bo‘yicha mustahkam yadro ob’ektiga qarshi taktik yadro qurolidan foydalanishni istisno qilmayotganini xabar qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Yaqin Sharq Eron-Isroil bombardimonchi B-2A Spirit Diego-Garsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing