Isroil Eronning yadroviy ob’ektlarini yo‘q qilishda katta xavfga duch keladi – tadqiqot
Olam
−
16 iyun 23178 2 daqiqa
Isroil joriy yilning 13 iyunidan beri Eron harbiy ob’ektlariga, jumladan, bir nechta yadroviy ob’ektlariga zarba berib, ushbu mamlakatning yadroviy dasturini yo‘q qilishga urinmoqda. Lekin bu unchalik ham oson bo‘lmaydi. Bu haqda Birlashgan Qirollik harbiy xizmatlar instituti tomonidan mart oyida e’lon qilingan hisobotda so‘z boradi.
Unga ko‘ra, buning uchun katta harbiy kuch va AQSHning yordami talab etiladi. Hatto bunday birgalikdagi harakat ham Eronning ataylab yer ostiga chuqur joylashtirilgan asosiy yadroviy uranni boyitish zavodlariga kirib borishda muammolarga duch kelishi mumkin.
Qiyinchiliklar, shuningdek, bunday tajovuzkor hujum bilan mojaro kuchayib ketish xavfi tufayli, bu variant “so‘nggi chora sifatida ko‘rilishi kerak”, deya ogohlantiriladi hisobotda.
Eronning asosiy yadro boyitish ob’ekti Natanz Isroilning zarbalariga uchradi, biroq Isroil qurollari ushbu yer osti inshootlariga qay darajada yetib borganiga oid ma’lumot noma’lum. Natanzdagi yer osti boyitish uskunalari qanchalik chuqur joylashgani aniq emas, biroq ba’zi baholashlarga ko‘ra, ular 8 metr chuqurlikda joylashgan.
Hisobotga ko‘ra, Isroilda mavjud bo‘lgan bombalar taxminan 6 metr chuqurlikkacha kirib bora oladi, bu esa yer tuzilishi va yuzaga yaqin mustahkam beton qatlamlariga qarab o‘zgarishi mumkin.
Eronning ikkinchi muhim boyitish ob’ekti – Fordo zavodi yanada chuqurroq joylashgan deb hisoblanadi. Uning ham qanchalik chuqurdaligi aniq emas, biroq baholashlarga ko‘ra, Fordodagi inshootlar 80 dan 90 metrgacha chuqurlikda joylashgan. Hisobotga ko‘ra, AQSHning eng katta bombasi – GBU-57 ham atigi 60 metr chuqurlikkacha yetadi va Fordoga yetib bora olmaydi.
GBU-57 bombasi faqat AQSH harbiy havo kuchlarining B-2 tipidagi maxfiy bombardimonchilari yordamida tashilishi mumkin. Hattoki AQSH bu bombalarni bersa ham bunday samolyotlar esa Isroilda.
Hisobotga ko‘ra, hatto eng katta bombalarning o‘zi ham Eron ob’ektlarini to‘liq yo‘q qilishga yetarli emas, chunki Eron ularni boshqa usullar bilan ham himoyalagan.
“Masalan, yer ostidagi ob’ektlar bir-biriga uzun, tor shaxtalar bilan bog‘langan xonalar, bir nechta qalin portlashdan himoyalovchi eshiklar, va bir nechta tashqi kirish-chiqish yo‘llariga ega bo‘lsa, bunday ob’ektni yo‘q qilish ancha murakkab bo‘ladi. Boshqa tomondan, yagona katta g‘orga yoki yagona kirish/chiqish shaxtasiga ega ob’ektni yo‘q qilish nisbatan osonroq”, deyiladi hisobotda.
Esaltib o‘tamiz, avvalroq Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) bosh direktori Rafael Grossi Eronning Natanz shahridagi uranni boyitish bo‘yicha asosiy inshoot Isroilning 13 iyun kuni bir kecha-kunduzda uyushtirgan hujumlaridan so‘ng alfa-zarracha nurlanish chiqargani xabar qilingandi. Natanz inshooti tashqarisidagi radiatsiya darajasi esa o‘zgarishsiz qolgan.
Live
Barchasi