AQŞga boradiganlar Ebola böyiça deklaratsiya töldirişi şart böladi
Olam
−
18:36 251 2 daqiqa
AQŞ şarqiy vaqti bilan 3 noyabr soat 23:59 dan boşlab, mamlakatga xorijdan uçib boruvçi barça yölovçilar, jumladan, tranzit yölovçilar ham maxsus deklaratsiya töldirişi şart. Bu haqda AQŞ Kasalliklarni nazorat qiliş va oldini oliş markazlari (CDC) ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, talab Ebola virusining AQŞga kirib keliş xavfini kamaytiriş maqsadida joriy etilmoqda. Yangi tartibga köra, yölovçilar parvozdan oldingi 21 kun davomida Kongo Demokratik Respublikasida bölmaganini tasdiqlovçi qoğoz yoki elektron deklaratsiyani töldirib, imzolaşi kerak.
Bunda mamlakat aeroporti orqali tranzit ötiş ham, hatto yölovçi samolyotdan tuşmagan yoki aeroportni tark etmagan bölsa-da, Kongo Demokratik Respublikasida bölganlik hisoblanadi.
18 yoşga tölmagan yölovçilar nomidan deklaratsiyani ota-onasi, vasiysi yoki boşqa vakolatli şaxs imzolaydi. Hujjatni taqdim etmagan yölovçilarga, AQŞ hukumati tomonidan istisno berilmagan bölsa, reysga çiqişga ruxsat berilmaydi.
Talablarni bajariş aviakompaniyalar va samolyot operatorlari zimmasiga ham yuklanadi. Ular yölovçilardan töldirilgan deklaratsiyalarni qoğoz yoki elektron şaklda qabul qilişi va saqlaşi şart.
Har bir yölovçining deklaratsiyasi uning xorijiy davlatdan AQŞga kelgan reysidan keyin kamida 42 kun davomida saqlanişi kerak. AQŞ hukumati söroviga köra, aviakompaniyalar hujjatni taqdim etişi, şuningdek, yölovçini aniqlaş uçun uning ismi, yölovçi ma’lumotlari yozuvi raqami (PNR), aviakompaniya va taşuvçi kodi, reys raqami, jönaş va yetib keliş aeroportlari, safar sanasi hamda vaqtini berişi lozim.
Eslatib ötamiz, avvalroq Uganda Kongo Demokratik Respublikasiga safar qilgan va mamlakatga qaytgan fuqarolarni 21 kunlik karantinga joylaştirgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi27 Oktyabr