AQSHdagi yong‘inlarda 150 yillik tarixga ega shahar vayron bo‘ldi 

Olam

image
Gretsiya o‘rmonlaridagi yong‘in Qadimgi Olimpiya ob’ektlariga yaqinlashmoqda north_east

Gretsiya o‘rmonlaridagi yong‘in Qadimgi Olimpiya ob’ektlariga yaqinlashmoqda

AQSHning Kaliforniya shtatidagi 1850-yillarda asos solingan Grinvill shahri “Diksi” deb nomlangan o‘rmon yong‘inlari tufayli deyarli butunlay vayron bo‘ldi. Bu haqda KXTV telekanali xabar bergan.  

“Shahar ikki soat ichida vayron bo‘ldi”, deydi mahalliy aholi. 

Ta’kidlanishicha, yong‘in kecha, 5 avgustga o‘tar kechasi shaharning tarixiy qismini tashkil qilgan yog‘och binolariga yetib borgan. Yong‘in natijasida tarixiy bar, mehmonxona va shahardagi yoqilg‘i quyish shoxobchalari yonib ketgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2010 yilgi aholini ro‘yxatga olishda shaharda 11 129 nafar aholi borligi tasdiqlangan. “Diksi” yong‘ini 112,5 ming gektardan ortiq maydonni qamrab olgan. 

Milliy idoralararo yong‘inga qarshi markaz ma’lumotlariga ko‘ra, 3 avgust holatiga 20 mingdan ortiq o‘t o‘chiruvchilar va yordamchi xodimlar AQSHning 13 shtatida 7 ming 560 kvadrat kilometr maydonda 97 ta katta, faol o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashgan. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Grinvill

Baholaganlar

111

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing