Gretsiya o‘rmonlaridagi yong‘in Qadimgi Olimpiya ob’ektlariga yaqinlashmoqda

Olam

image

Gretsiyada o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda. O‘t o‘chiruvchilar Qadimgi Olimpiya ob’ektlari yaqinidagi kuchli o‘rmon yong‘inlarini butun tun davomida o‘chirishga urindi, biroq esib turgan shamol sabab yong‘inlar qayta alanga olaverdi. Bu haqda TASS yozmoqda

Qayd etilishicha, yong‘in hozircha Qadimgi Olimpiya arxeologik muzeyi, Xalqaro Olimpiya akademiyasi hamda ko‘p asrlar davomida Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilgan Peloponnes yarimorolida joylashgan arxeologik maydonga tahdid solmayapti. Biroq, bugun, 5 avgust kuni yong‘in Xalqaro Olimpiya Akademiyasi tomon harakatlana boshlagan. 

Ma’lum qilinishicha, o‘t o‘chiruvchi samolyotlar ham erta tongdan yong‘in o‘chirishga kirishgan. 52 ta avtomobil, 174 nafar o‘t o‘chiruvchi, 9 ta guruh, dronlar, ikkita o‘t o‘chiruvchi samolyot va to‘rtta vertolyot yong‘inga qarshi kurashmoqda. Ko‘ngillilar va mahalliy idoralar tomonidan avtotsisternlar suv bilan ta’minlanmoqda. Shuningdek, Lantzoi va Linariya hududlari aholisi agar zarurat tug‘ilsa evakuatsiya qilinishi to‘g‘risida ogohlantirilgan. 

Xabarga ko‘ra, Evbeya va Peloponnese orolidagi Menisiya viloyatlarida yong‘in bilan bog‘liq vaziyat og‘irligicha qolmoqda. Ta’kidlanishicha, olov Evbeyaning Dafne, Kurkuli, Skepasti i Kexriyes qishloqlariga ham tahdid solmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, global havo harorati ko‘tarilishi ortidan Gretsiyada ham anomal jaziramalar kuzatildi. Rekord harorat tufayli mamlakatda katta yong‘inlar sodir bo‘ldi. Joriy yilning 2 avgust kuni mamlakatda havo harorati 45 darajaga yetdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

46

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing