AQSHdagi to‘polonda hibsga olingan rusiyzabon ayol ozod qilindi
Olam
−
09 yanvar 2021
4580AQSH poytaxti Vashingtonda joylashgan Kapitoliy binosi oldida politsiyaga bo‘ysunmagani uchun hibsga olingan rusiyzabon Moldova fuqarosi Kristina Malimon allaqachon ozod qilindi, deb xabar beradi RIA Novosti.
Aniqlik kiritilishicha, Kristina Malimon va uning 54 yoshli onasi Yevgeniya Malimon kongress binosi hududiga bostirib kirishdagi voqealar munosabati bilan hibsga olingan. Ayollardan joyni tark etishni so‘ralgan, ammo ular bunga rioya qilmagan.
Vashington sudi sud majlisini iyun oyiga tayinladi. Malimon va uning onasi qo‘yilgan ayblovni rad etmoqda. Fuqarolarga ozod qilish shartlari doirasida shaharni tark etish buyurilgan.
Eslatib o‘tamiz, 6 yanvar kuni AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Trampning tarafdorlari mamlakat poytaxti Vashingtondagi Kapitoliy oldida namoyish qilib, Kongress binosiga bostirib kirgan edi. Oqibatda 4 kishi halok bo‘ldi, 50 dan ortiq namoyishchi hibsga olindi.
Vaziyat jiddiy tus olganidan so‘ng, Tramp o‘z tarafdorlarini qonunni buzmaslikka, tinchlikni saqlashga chaqirdi. Ayni vaqtda Kongress atrofidagi vaziyat ancha tinchigan va politsiya hududni temir panjara bilan o‘rab olgan. Donald Trampning deyarli barcha tarafdorlari tarqalib ketgan.
LiveBarchasi