AQSHdagi to‘polon dunyoni larzaga soldi – Erdo‘g‘an
Olam
−
08 yanvar 2021
10446Vashingtondagi AQSH Kongressida yuz bergan tartibsizliklar dunyo hamjamiyatini larzaga keltirdi. Ushbu fikrni bugun, 8 yanvar kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bildirib o‘tdi.
“Demokratiyaning beshigi deb ataladigan Qo‘shma Shtatlarda sodir bo‘lgan jarayon butun dunyo jamoatchiligini larzaga soldi. Men qurbonlarning oilalariga sabr-toqat va jarohat olganlarga shifo tilayman”, deydi Erdo‘g‘an.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 6 yanvar kuni AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Trampning tarafdorlari mamlakat poytaxti Vashingtondagi Kapitoliy oldida namoyish qilib, Kongress binosiga bostirib kirgan edi. Oqibatda 4 kishi halok bo‘ldi, 50 dan ortiq namoyishchi hibsga olindi.
Vaziyat jiddiy tus olganidan so‘ng, Tramp o‘z tarafdorlarini qonunni buzmaslikka, tinchlikni saqlashga chaqirdi. Ayni vaqtda Kongress atrofidagi vaziyat ancha tinchigan va politsiya hududni temir panjara bilan o‘rab olgan. Donald Trampning deyarli barcha tarafdorlari tarqalib ketgan.
LiveBarchasi