AQSHdagi tartibsizliklar paytida ichiga 11 ta bomba yashirilgan avtomobil topildi
Olam
−
09 yanvar 2021
7622Vashingtonda tartibsizliklar yuz bergan kuni Amerika huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari Kongress binosi yonida ichida 11 ta qo‘lbola bomba va qurollar bo‘lgan avtomobilni topdi. Bu haqda NBC2 telekanali xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Kapitoliydan ikki blok narida joylashgan pikap Alabama shtatining 70 yoshli fuqarosi Lonni Leroy Kofmanga tegishli bo‘lib, uni Milliy Respublika klubi yonida to‘xtatib qo‘ygan. Avtomobil ichida 11 ta qo‘lbola bomba, avtomat va to‘pponcha bo‘lgan. Kofman hibsga olingan va ro‘yxatdan o‘tmagan qurol saqlaganlik, to‘pponchani noqonuniy olib yurganlikda ayblangan. Bundan tashqari, amerikalik politsiyaga salonda benzin va kengaytirilgan polistirol bo‘lgan idishlar borligini aytgan.
Shuningdek, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari avtomobildan mato parchalari va sug‘urta qog‘izini ham topgan.
LiveBarchasi