AQSHdagi to‘polonda Kapitoliydan minbar o‘g‘irlagan shaxs ushlandi
Olam
−
09 yanvar 2021
7233AQSHda Florida shtatida yashovchi 36 yoshli Adam Jonson hibsga olindi, u 6 yanvar kuni Kapitoliy binosiga bostirib kirganlar orasida bo‘lgan. Tanishlarining so‘zlariga ko‘ra, aynan Jonson AQSH Kongressi binosi ichida Vakillar Palatasi prezidenti Nensi Pelosining minbari bilan uni o‘g‘irlab ketayotgan vaqtda suratga tushgan.
Florida shtatidagi WTSP teleradiokompaniyasi Jonsonning hibsga olingani haqida xabar berdi. Kompaniyaga ko‘ra, Jonson Florida shtatining Pinellas okrugida federal order asosida qamoqqa tashlangan.
Jonson Pinellas okrugi sherifi va WFLA telekanali ma’lumotlariga asoslanib, federal marshal tomonidan berilgan order asosida hibsga olingan. Unga ko‘ra, Jonson 2020 yilda Florida shtatidagi Manati okrugida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida saylovchi sifatida ro‘yxatga olingan, shu bilan birga u partiyaga mansubligini ko‘rsatmagan. Bungacha Jonson prezidentlik saylovlarida faqat 2004 yilda ovoz bergan.
Avvalroq AQSHda Pelosining yana bir “jinoyatchisi” Arkanzasdan Richard Barnett hibsga olingan edi. U Vakillar Palatasi Spikeri stulida ishchilarning stolida oyoqlarini ko‘targan holda suratga tushgan.
LiveBarchasi