AQSHdagi namoyishlarni bostirishda harbiylar soni ortib bormoqda – CNN
Olam
−
06 iyun 2020 8259 1 daqiqa
Qo‘shma Shtatlardagi norozilik namoyishlari fonida mamlakat Milliy gvardiyasi tartibsizliklarni tarqatib yuborgan shaharlarda o‘z ishtirokini oshirmoqda. Bu haqda CNN xabar bermoqda.
Kanal bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 6 iyun kuni 32 shtatda va Kolumbiya okrugida 3 200 harbiy ishtirok etgani hisob-kitob qilib chiqilgan.
Bundan tashqari, 4 iyun kunidan boshlab shaharlardagi qorovullar soni 41,5 ming kishiga oshirildi. Shuningdek, Milliy gvardiya kuchlari o‘zlarining ishtirokini 33 shtatgacha kengaytirdi.
OAV, shuningdek, Vashingtonda 5,1 mingga yaqin harbiy xizmat qilayotganini, shu jumladan, 1,2 ming kishi Vashingtondan, qolganlari boshqa shtatlardan ekanligini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 may kuni Minneapolis politsiyasi afro-amerikalik Jorj Floydni hibsga oldi. Qo‘lga olish paytida politsiyachi erkakning bo‘ynini tizzasi bilan bosib turadi. Floyd “men bo‘g‘ilyapman”, deb bir necha marta aytgan. Ammo huquq-tartibot idoralari xodimlari bunga e’tibor bermagan. Oqibatda, erkak reanimatsiyada vafot etgan. Bu AQSHda ommaviy norozilik va tartibsizliklarni keltirib chiqardi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025