AQSHdagi ko‘ngilochar klubda otishma sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor
Olam
−
23 Sentabr
3260AQSHning Alabama shtati Birmingem shahrida sodir bo‘lgan otishma oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, o‘n yetti kishi yaralandi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, holat AQSHda davom etayotgan qurolli zo‘ravonlik va qotillik epidemiyasini ko‘rsatadigan achinarli voqea, ammo bunga hech qanday siyosiy darajada e’tibor qaratilmayapti. Politsiya otishmani uyushtirganlarni qo‘lga olishga yordam beradigan ma’lumot uchun mukofot e’lon qilgan.
“Birmingemdagi “Five Points South” ko‘ngilochar klubida otishma sodir bo‘ldi, oqibatda to‘rt kishi halok bo‘ldi, kamida 17 kishi jarohat oldi”, deyiladi xabarda.
Mahalliy politsiya vakili Trumen Fitsjeraldga ko‘ra, otishma 22 sentyabrga o‘tar kechasi mahalliy vaqt bilan 23:00 dan keyin boshlangan. Uch kishi voqea joyida, yana biri shifoxonada vafot etgan. Yaralanganlar shifoxonaga yotqizilgan. Hodisa klubga kelganlar navbatda turgan vaqtda sodir bo‘lgan.
“Biz odamlarimizni o‘ldirganlarni aniqlash va qo‘lga olish uchun qo‘limizdan kelgan hamma ishni qilamiz", dedi Fitsjerald.
Nashrga ko‘ra, hozircha aybdorlar qo‘lga olinmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Jorjiya shtatidagi Apalachi o‘rta maktabida 14 yoshli o‘quvchi odamlarni o‘qqa tutishi oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan, yana 9 kishi jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan edi.
LiveBarchasi