AQSHdagi eng katta milliy bayroqni chaqmoq urdi (foto)

Olam

image

Viskonsin shtatidagi AQSHning eng katta milliy bayrog‘ini chaqmoq urdi. Shundan so‘ng bayroq yarmigacha yirtilib ketdi. Bu haqda  “Heavy” portali xabar bermoqda.

Nashrning ta’kidlashicha, so‘nggi bir necha kun ichida AQSHning bir qator shtatlari yomon ob-havo kuzatilmoqda. Kuchli momaqaldiroq va shamol 30 ming uyni elektr ta’minotisiz qoldirdi. Jabrlanganlar ichida mamlakatning eng katta bayrog‘i ham bor.

Ma’lumot o‘rnida, Acuity Insurance  bayrog‘i 21 ga 42,6 metr bo‘lib, og‘irligi 154 kg. U Amerika armiyasi xizmatida halok bo‘lgan tuman aholisini xotirlash uchun Sheboygan sharsharasi yaqinida 30 metr balandlikda hilpirab turadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh

Baholaganlar

238

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing