AQSHda yashayotgan fuqaroning nomzodi ruxsatisiz Uchtepadan deputatlikka ko‘rsatildi
Jamiyat
−
24 dekabr 2019
7241Avvalroq, Bosh prokuratura saylovga oid ikki murojaatni tekshirgani va ma’lumotlar rad etilgani haqida xabar bergan edik.
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura tomonidan O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi a’zosi B.Xolmatovning murojaati ham tekshirilgan.
Natijada Uchtepa tumani hokimligi tashkiliy - kadrlar guruhi rahbari Sh.Nigmatov O‘zbekiston Ekologik partiyasi ichki ishlariga va saylov jarayoniga noqonuniy aralashganligi aniqlangan.
Sh.Nigmatov va partiyaning tuman kengashi raisi Q.Maxkamovlar Liberal demokratik partiya a’zosi B.Xolmatov, “Adolat” partiyasi a’zosi H.Yunusova hamda 2017 yildan Amerika qo‘shma shtatlarida yashayotgan S.Azimovalarning nomzodini ularning roziligisiz va xabarisiz Ekologik partiyadan Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatligiga nomzod sifatida ko‘rsatib, saylov hujjatlariga soxta ma’lumotlar kiritishganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 146-moddasi va 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi