Kurs UZS

USD

12 953.20

15.09

EUR

14 058.11

-18.55

RUB

151.13

1.14

AQSHda so‘nggi 15 yil ichida ilk bor mahbus otib o‘ldirildi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlarida 15 yil ichida birinchi marta o‘lim jazosi otish usuli bilan ijro etildi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Qayd etilishicha, jazoga tortilgan 67 yoshli Bred Sigmon Janubiy Karolina shtatidan bo‘lgan. U sobiq qiz do‘stining ota-onasini beysbol tayoqchasi bilan o‘ldirgan. Uni qatl qilish jazosi kecha, 7 mart kuni amalga oshirilgan.

Sigmon 2001 yilda Grinvill tumanidagi uyda Devid va Gladis Larkni o‘ldirgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, qotillikdan so‘ng u sobiq sevgilisini qurol bilan qo‘rqitib, o‘g‘irlab ketgan, biroq qiz qochib qutulgan. Prokurorlarning fikricha, Sigmon qochayotgan qizga o‘q uzgan, ammo nishonga tegmagan.

Qatl marosimi uch nafar turmadagi xodimlar tomonidan otish usuli bilan amalga oshirilgan.

Sigmonning advokatlariga ko‘ra, u o‘ziga o‘lim jazosi usulini tanlashni so‘ragan, chunki elektr stuli uni “tiriklayin qovurishidan” qo‘rqqan.

Shunday qilib, Sigmon AQSHda 1976 yildan buyon Janubiy Karolinada qatl etilgan 46 mahbus ichida eng yoshi ulug‘i bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘lim jazosiga hukm qilingan Bred Sigmon o‘z qatlini otib o‘ldirish usuli bilan amalga oshirishni so‘ragani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

o'lim jazosi Amerika Qo'shma Shtatlari Bred Sigmon Janubiy Karolina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing