AQŞdagi yadro laboratoriyasida yonğin çiqdi
Olam
−
08:05 807 2 daqiqa
AQŞning Janubiy Karolina ştatidagi yadro laboratoriyasida yonğin çiqdi. Hodisa sabab hududga kiruvçi transport harakati töxtatilib, havo va temiryöl qatnoviga ham çeklovlar joriy etildi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Qayd etilişiça, yonğin keça, 28 oktyabr kuni AQŞ Energetika vazirligiga qaraşli Savannah River majmuasidagi Milliy laboratoriyada yuz bergan. Favqulodda vaziyat mahalliy vaqt bilan soat 17:39 da e’lon qilingan. Keyinçalik yonğin öçirilgan.
Majmua ma’muriyatining ma’lum qilişiça, yonğin sodir bölgan binodan taşqarida radioaktiv moddalar bilan ifloslaniş holati qayd etilmagan. Yonğindan zarar körgan binoda işlayotgan xodimlarga bino içida qolib, xavfsiz joyda panohlaniş buyurilgan.
Ma’lumot uçun, Savannah River majmuasi AQŞ hukumati ilgari yadro qurollari uçun zarur bölgan materiallarni, jumladan, tritiy va plutoniy-239 işlab çiqargan yirik ob’ekt hisoblanadi. Laboratoriya majmuaning şimoli-ğarbiy qismida joylaşgan.
Majmua 1950 yillarning boşlarida, Sovuq uruş davrida, yadro bombalarining asosiy qismini tayyorlaş uçun zarur bölgan plutoniy yadrolarini işlab çiqariş maqsadida taşkil etilgan.
Hozirda uşbu hudud atrof-muhitni tiklaş, radioaktiv çiqindilarni boşqariş hamda yadro materiallarini saqlaş va utilizatsiya qiliş uçun foydalaniladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Kanadaning Alberta provinsiyasidagi Wainwright harbiy bazasida kuçli şamol sabab öt-ölan yonğini tez tarqalib, 4 nafar harbiy halok bölgandi.
Live
Barchasi27 Oktyabr