Kurs UZS

USD

12 925.20

-11.96

EUR

13 982.48

45.28

RUB

152.58

-1.97

AQSHda Orol muammosini ko‘targan maktab o‘quvchisi

Intervyu

AQSHda maktabda o‘qish o‘quvchilarga keng qamrovli va zamonaviy ta’lim tizimi orqali bilim olish imkoniyatini taqdim etadi. Maktablar o‘quvchilarni nafaqat akademik bilimlar bilan, balki jamiyatda muvaffaqiyatli bo‘lish uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy, ijodiy va etika ko‘nikmalari bilan ham ta’minlaydi. Ta’limda yuqori darajadagi tanlov va erkinlik mavjud bo‘lgan bu o‘lkada o‘quvchilar turli yo‘nalishlarda mutaxassislik tanlash imkoniga ega.

Bundan tashqari, ummonortida maktab ta’limi o‘zining inklyuzivligi, innovatsion metodlari va turli millatlar va madaniyatlar bilan boyligini ko‘rsatadi. Umuman olganda, AQSHda maktabda o‘qish o‘zining boy va rang-barang imkoniyatlari bilan ajralib turadi.

Bugun tahsil sifati yuqori bo‘lgan davlatlarda oliy ta’limni davom ettirish istagida yurgan yoshlarni uchratish yangilik emas, ba’zilari allaqachon bu maqsadlariga erishgan ham. Ammo xorijda universitetda emas, maktabda o‘qiyotgan o‘zbekistonliklar haqida ham bilasizmi? Maktab tahsilini qanday qilib chetda davom ettirish mumkin? Buning uchun qanday talablar darkor. Bugun bu haqda AQSH maktablarida ta’lim olayotgan 11-sinf qoraqalpoq qizi Gulbadan Bayniyazova bilan gaplashamiz.

“O‘zbekiston va AQSH maktablari orasida osmon bilan yerdek farq bor. Birinchidan, Amerika maktablarida siz o‘z fanlaringizni o‘zingiz tanlashingiz mumkin. Masalan, siz katta bo‘lganingizda doktor bo‘lishni xohlasangiz, biologiya va kimyo kabi fanlarni olishingiz mumkin. Men 7 ta fan o‘qiyman, O‘zbekistonda esa bu raqam 14-15 ta bo‘ladi. Ikkinchidan, maktabda rasmiy forma yo‘q, ko‘p o‘quvchilar o‘zi xohlagan formada keladi. Uchinchidan, o‘quvchilarning o‘z sinflari, o‘qituvchilarning o‘z sinflari bor va bu yerda turli sinf o‘quvchilari bir sinfda o‘qishlari mumkin. Bu degani mening algebra darsimda 9, 10, 11, 12-sinf o‘quvchilari ham aralashib o‘qiydi, bo‘lish yo‘q”, deydi o‘zbek va ummonorti mamlakati ta’lim tizimini solishtirib bergan qahramonimiz.

FLEX dasturi, Amerika va O‘zbekistondagi maktablardagi ta’lim sifati, o‘quvchilarning bilim saviyasi, ummonortida o‘zbek va qoraqalpoq madaniyatlari targ‘ibotiga oid savollarga Gulbadanning javoblarini QALAMPIR.UZ'ning YouTube-kanalidagi to‘liq intervyuda bilib oling.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh O'zbekiston Orol muammosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing