AQSHda olmaxon sababli uy yonib, kulga aylandi
Olam
−
08:42 2711 1 daqiqa
AQSHning Florida shtatida qiziqqon olmaxon tufayli turarjoy binosi butunlay yonib ketdi. Bu haqda WMBB xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Devis-Banta oilasi yarim tun chog‘ida uyning tom qismida shovqin eshitgan. Donni Banta avvaliga g‘alati tovushni, so‘ng esa kuygan hidni sezgan va darhol rafiqasi Steysi Devis hamda ikki farzandini uyg‘otgan.
Ota-ona zarur buyumlarni yig‘ib, bolalarni, shuningdek uy hayvonlari – it va mushukni tashqariga olib chiqqan. Yong‘in o‘chiruvchilar tez yetib kelganiga qaramasdan, binoni saqlab qolishning iloji bo‘lmagan va uy to‘liq yonib ketgan.
Tekshiruv natijasida ma’lum bo‘lishicha, olmaxon tomga chiqib, elektr simlarini kemirgan. Oqibatda qisqa tutashuv yuzaga kelib, yong‘in boshlangan. Oila a’zolari jarohat olmagan, ammo deyarli barcha mol-mulkidan ayrilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq bitta maymun 22 mln kishi istiqomat qiladigan butun Shri-Lankani elektrsiz qoldirgandi.
Live
Barchasi