AQSHda odamlar yana bosh ko‘tardi (fotoreportaj)
Olam
−
06 Sentabr 2020
8255AQSHda irqchilik va politsiya zo‘ravonligiga qarshi namoyishlar yana avj olgan. Nyu-Yorkning Tayms maydonida yig‘ilgan namoyishchilar AQSH Prezidenti Donald Tramp va vitse-prezident Mayk Pensga qarshi chiqmoqda.
Ta’kidlanishicha, norozilik harakatida 1500 ga yaqin ishtirokchilar qatnashgan. Namoyishchilar huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga shisha, tosh va kichik portlovchi moslamalarni uloqtirganlar.
Namoyishchilar tarqalishdan bosh tortdi. Politsiya esa ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va ko‘z achishtiruvchi gazlardan foydalanishga majbur bo‘ldi.
Joriy haftada ijtimoiy tarmoqlarda qora tanli Deniyel Prud ishtirokidagi video tarqaldi. U ko‘chaga yalang‘och chiqadi va o‘zining koronavirus bo‘lganini aytib baqiradi. Shu vaqt uni politsiya qo‘lga olib, boshiga qop kiydiradi va yerga yotqizib, oyog‘i bilan bo‘ynidan bosadi. Prud havo yetishmovchiligidan vafot etadi.
Bu orada ushbu holat aks etgan video tarqaldi. Qoratanli Prudning vafotidan so‘ng, voqea ishtirokchisi bo‘lgan 7 nafar politsiyachi vaqtincha ishdan chetlatildi. Ayni vaqtda holat bo‘yicha tergov jarayonlari ketmoqda.
Shuni ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, irqchilik bilan bog‘liq muammo AQSHda kecha yo bugun paydo bo‘lgani yo‘q. Dunyo xaritasida Amerika nomi paydo bo‘libdiki, irqchilik mamlakat xalqlari orasidagi asosiy muammoga, ba’zan ermak mavzuga aylanib qolgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 may kuni Minneapolis politsiyasi afroamerikalik Jorj Floydni hibsga oldi. Qo‘lga olish paytida politsiyachi erkakning bo‘ynini tizzasi bilan bosib turadi. Floyd “men bo‘g‘ilyapman”, deb bir necha marta aytgan. Ammo huquq-tartibot idoralari xodimlari bunga e’tibor bermagan. Oqibatda, erkak reanimatsiyada vafot etgan. Bu AQSHda ommaviy norozilik va tartibsizliklarni keltirib chiqardi.
LiveBarchasi