AQSHda noma’lum shaxs tomonidan otishma uyushtirildi. 10 kishi halok bo‘ldi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Kecha, 22 mart kuni AQSHning Kolorado shtati Boulder shahrida noma’lum shaxs oziq-ovqat do‘koni yonidagi avtoturargohda o‘t ochdi. Bu haqda "ABC News" xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, huquqni muhofaza qilish organi xodimlariga supermarket yaqinidagi avtoturargohda bir kishi o‘q uzgani haqida xabar kelib tushgan. 

Ta’kidlanishicha, noma’lum shaxs voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlariga o‘q uzishni boshlagan. 

Manbaga ko‘ra, u uzun pog‘onali qurol ishlatgan. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, otishmada kamida o‘n kishi, jumladan bitta politsiyachi halok bo‘lgan. Ushbu bayonot mahalliy politsiya rahbari Maris Xerold tomonidan taqdim etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh otishma

Baholaganlar

130

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing