AQSHda nimalar bo‘lmoqda? Tornado, bo‘ron va toshqinlar 11 kishini o‘ldirdi

Olam

So‘nggi ikki kun ichida Amerikaning janubiy va markaziy shtatlarida kuchli bo‘ron va tornadolar 11 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi. Hozircha faqat Alabama, Luiziana va Tyexas shtatlaridagi fuqarolar haqidagina ma’lumot mavjud.

Xabarlarga ko‘ra, Tyexas yo‘llarida bo‘ron tufayli ko‘plab yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lgan. Natijada uch kishi, jumladan politsiya va o‘t o‘chirish xizmati xodimlari ham halok bo‘lgan.

Alabama shtatida ham uch kishi tornado qurboniga aylangan. Luizianada kuchli shamol tufayli turar-joy binosiga daraxt qulab tushgan. Bir kishi jarohatlanib, vafot etgan. Shuningdek, yosh kelin-kuyov yashab turgan ko‘chma uy shamolda ag‘darilganligi sababli qurbon bo‘lgan.

Oklaxoma shtatida esa toshqin oqibatida bir kishi cho‘kib ketgan. Ayova shtatida yo‘llarning muzlashi tufayli mashina ag‘darib, yo‘lovchilardan biri vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh bo'ron

Baholaganlar

408

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing