Fransiyada kuchli bo‘ron sabab ikki kishi halok bo‘ldi
Olam
−
17 iyul 1231 1 daqiqa
Fransiyada kuzatilgan kuchli momaqaldiroq va bo‘ronlar oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘ldi. Tabiiy ofat sabab o‘n minglab xonadonlar elektr ta’minotisiz qoldi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 16 iyul kuni kechqurun Fransiyaning markaziy va sharqiy hududlaridagi 30 ta departamentda kuchli do‘l yog‘ishi va momaqaldiroq xavfi sababli to‘q sariq darajadagi ogohlantirish e’lon qilingan.
Yuqori Vena departamentidagi Sen-Vikturen shahrida ayol ustiga daraxt qulashi oqibatida halok bo‘lgan. Shuningdek, Izer departamentining Dolome shahrida chaqmoq urishi ortidan yongan ustaxonadan erkak kishining jasadi topilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kuchli bo‘ronlardan keyin 53 mingga yaqin xonadon elektr ta’minotisiz qolgan. Ayni paytda hududlarda qutqaruv ishlari hamda elektr ta’minotini tiklash ishlari davom ettirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Bavi” tayfuni Tayvan, Xitoy va Yaponiyaning ayrim hududlarida kuchli shamol va jala yog‘ingarchiliklarni keltirib chiqargan edi. Tabiiy ofat oqibatida yuz minglab odamlar evakuatsiya qilingan va minglab xonadonlar elektr ta’minotisiz qolgan edi.
Live
Barchasi