AQSHda kuchli bo‘ron oqibatida halok bo‘lganlar soni 30 nafarga yetdi

Olam

image

Avvalroq, AQSHda qor yog‘ishi va sovuq bilan birga kelgan bo‘ron oqibatida kamida yetti kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Hozirda kuchli qishki bo‘ron oqibatida halok bo‘lganlar soni 30 nafarga yetgan. Bu haqda WPRI xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, bugun, 27 yanvar kuni Arkanzasdan Yangi Angliyagacha bo‘lgan yerlarda taxminan 2100 km hududda yarim metrdan ortiq qor yog‘gan. Bu transport harakatining to‘xtashiga, reyslarning bekor qilinishiga va maktablarning yopilishiga sabab bo‘lgan. Harorat ba’zi joylarda -31 darajagacha tushgan. Sinoptiklar Arktika havosining kirib kelishi va AQSHning sharqiy qirg‘og‘ida yana bir bo‘ron bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.

Shiddatli bo‘ron qurbonlari orasida Massachusets va Ogayo shtatlarida qor tozalagichlar ostida qolgan ikki kishi, Arkanzas va Texasda chanada uchayotganda halok bo‘lgan o‘smirlar, Kanzas o‘rmonida topilgan bir ayol ham bor. Politsiya dam olish kunlari Nyu-York shahri ko‘chalarida sakkiz kishining jasadini topgan.

Do‘l yog‘ishi tufayli elektr uzatish liniyalarining uzilishi asosan janubiy shtatlarda yashovchi 560 mingdan ortiq aholining elektrsiz qolishiga olib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiyada kuchli qor yog‘ishi oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh bo'ron halok bo'lganlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing