AQSHda kimyoviy modda sizishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
Olam
−
28 iyul 2021
2802AQSHning Texas shtatidagi LyondellBasell korxonasi zavodida kimyoviy modda sizishi yuz berdi. Oqibatda kamida ikki kishi halok bo‘lgan, to‘rt kishi jarohat olgan. Bu haqda ABC13 Houston xabar bermoqda.
“La Port shahridagi majmuamizda etan kislotasi sizishi sodir bo‘ldi. Hodisa natijasida ikki kishi halok bo‘ldi. To‘rt kishi kuyish jarohatini oldi, ular tibbiy yordam ko‘rsatish uchun olib ketildi”, deyilgan kompaniya xabarida.
Ta’kidlanishicha, LyondellBasell’da modda sizishini to‘xtatishga muvaffaq bo‘lingan. Havo sifati nazorat qilingan, mahalliy aholi xavf ostida emas. Favqulodda holat joyida tezkor bo‘limlar mavjudligi ta’kidlangan.
Avvalroq, Germaniyaning Leverkuzen shahridagi Bayer kimyoviy zavodida kuchli portlash sodir bo‘lgani haqida xabar bergandik. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, portlashdan keyin yong‘in sodir bo‘lgan. Portlashda kamida ikki kishi halok bo‘lgan, undan keyin sodir bo‘lgan yong‘in natijasida esa 31 kishi jarohat olgan. Yana besh kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
LiveBarchasi