AQSHda xorijiy aviakompaniyalarga Rossiya bo‘ylab parvozlarni taqiqlash taklif qilindi

Olam

image
0:00
0:00
download

Amerika Qo‘shma Shtatlari aviakompaniyalari boshqa mamlakatlarga tegishli aviatashuvchilarni Rossiya hududi bo‘ylab parvozlardan voz kechishga chaqirmoqda. Bu haqda “New York Times” xabar berdi

Qayd etilishicha, cheklovlar ro‘yxatiga AQSH aeroportlari orqali uchish, qo‘nish yoki tranzit qilishni taqiqlash kiritilishi mumkin. Ukrainada urush boshlanganidan so‘ng Qo‘shma Shtatlar, Kanada va Yevropaning ko‘plab mamlakatlari Rossiya samolyotlari uchun yopiqligi e’lon qilingandi. 

Ma’lum qilinishicha, AQSH aviakompaniyalari ushbu taklifni mamlakat Transport vazirligiga yo‘llagan. Unga ko‘ra, AQSHda uchayotgan Xitoy aviakompaniyalariga Rossiya havo hududidan foydalanishni taqiqlovchi buyruq loyihasi tayyorlandi. Endilikda ushbu hujjat Oq uy rasmiylariga taqdim etilib, masala yuzasidan muhokamalar olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning may oyida Xitoy Rossiya aviakompaniyalarining Boeing va Airbus samolyotlari uchun havo hududini yopgandi. Shuningdek, 2022 yilning aprel oyida Turkiya Suriyaga uchadigan Rossiya harbiy va fuqarolik samolyotlari uchun osmonini qisman yopgan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Rossiya xorijiy aviakompaniyalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing