AQSHda “Qiyomat kuni” samolyoti ishlab chiqilmoqda
Olam
−
27 aprel 2024
14136AQSH Harbiy-havo kuchlari eskirgan E-4B o‘rnini bosadigan "Qiyomat kuni" deb nomlanuvchi samolyotini yaratish uchun “Sierra Nevada” korporatsiyasi bilan 13 milliard dollarlik shartnoma imzoladi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
“Loyiha 1970 yillardagi eskirgan va xizmat muddati tugashiga yaqin bo‘lgan samolyotlarni almashtirish uchun mo‘ljallangan”, deydi Harbiy havo kuchlari vakili nashrga.
Qayd etilishicha, yangi samolyot reaktiv dvigatel bilan jihozlanadi, u kuchaytiriladi va harbiy talablarga muvofiq o‘zgartiriladi.
Materialda aytilishicha, ish 2036 yilda yakunlanadi.
“Yangilangan fuqarolik Boeing 747-200 samolyoti, E-4B samolyoti AQSH Mudofaa vazirini tashish uchun ishlatiladi, biroq u qo‘mondonlik punkti sifatida ishlab chiqilgan va yadro portlashiga bardosh bera oladi”, deyiladi agentlik xabarida.
Shuningdek, samolyot Prezident va boshqa yuqori martabali rahbariyat uchun ham mo‘ljallangan.
LiveBarchasi