AQSHda “Qiyomat kuni” maxsus otryadi tuzildi
Olam
−
08:09 1578 2 daqiqa
AQSHning Vashington atrofidagi Endryus aviabazasida yadro urushi yoki global inqiroz yuz bergan taqdirda mamlakatning oliy harbiy-siyosiy rahbariyatini himoyalangan bunkerlarga favqulodda evakuatsiya qilish uchun oxirgi 60 yil ichida birinchi marta yangi vertolyot eskadrilyasi tashkil etildi. Bu haqda kecha, 28 avgust kuni sohaga ixtisoslashgan “The War Zone” portali xabar berdi.
Qayd etilishicha, 5-vertolyot eskadrilyasi Milliy poytaxt hududida davlat boshqaruvining uzluksizligini ta’minlash bilan shug‘ullanadi. Uning vazifasi favqulodda vaziyatlar, inqirozlar yoki poytaxtga nisbatan tahdidlar paytida hukumatning asosiy rahbarlari, harbiy mulozimlar va o‘ta muhim xodimlarni xavfsiz va tezkor tashishdan iborat.
Yangi eskadrilya ixtiyoriga eng yangi HH-60W Jolly Green II vertolyotlari beriladi. Ular 1-vertolyot eskadrilyasi tomonidan o‘n yillab ekspluatatsiya qilingan ma’nan eskirgan UH-1N Huey o‘rnini egallaydi.
“The War Zone” ma’lumotlariga ko‘ra, eskadrilyaning tashkil etilishi – hukumat faoliyatining uzluksizligi protokollarining bir qismi. Vertolyotlar yadro urushi yoki global inqirozlar yuz bergan taqdirda AQSHning oliy rahbariyatini poytaxt hududidan himoyalangan yer osti bunkerlariga favqulodda evakuatsiya qilishga mo‘ljallangan. Qayd etilishicha, AQSH Prezidenti va hukumat a’zolarini tashish hamda favqulodda evakuatsiya qilish bo‘yicha asosiy funksiyalarni VH-3D Sea King vertolyotlaridan foydalangan holda AQSH Dengiz piyodalari korpusining maxsus otryadi bajaradi.
Shuningdek, AQSH Harbiy-havo kuchlari yangi “Qiyomat kuni” samolyotini ishlab chiqish uchun 2 milliard dollardan ortiq mablag‘ so‘ragan. O‘tgan yili Black Hawk harbiy vertolyoti mamlakatning oliy rahbarlarini Vashingtondan evakuatsiya qilish bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulot missiyasini olib borgan.
Missuri universiteti professori Maykl Xadson AQSH generallari AQSH Prezidenti Donald Tramp yadro urushini boshlab yuborishi mumkinligidan xavotirda, degan fikrni bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, generallarga Amerika yetakchisiga yadro quroli kodlarini topshirishni rad etmoqda, chunki “u undan o‘tgan shanba kuniyoq foydalangan bo‘lardi”.
Live
BarchasiTibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshdi
28 avgust
Maktablarda qamrov 78 foizga oshirildi
28 avgust