AQSHda qariyb 300 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan samolyot yonib ketdi (video)

Olam

image

Kecha, 21 aprel kuni AQSHning Orlando shahridagi aeroportda bortida 300 yo‘lovchisi bor samolyotda yong‘in chiqdi. Bu haqda CBS News xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu hodisa samolyot qo‘nganidan so‘ng yuz bergan. Bortda 282 nafar yo‘lovchi va 12 nafar ekipaj a’zosi – jami 294 kishi bo‘lgan. Aniqlanishicha, samolyot dvigatellaridan biri yonib ketgan va shundan so‘ng barcha yo‘lovchilar shoshilinch tarzda evakuatsiya qilingan.

“Fox35” telekanalining AQSH fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasiga tayanib xabar berishicha, Airbus A330 samolyoti Atlanta shahriga uchishga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lgan. Uchish-qo‘nish yo‘lagida harakat boshlaganida, uning dvigatellaridan birida alangalanish yuz bergan.

Ekipaj vaziyatga tezda reaksiya ko‘rsatgan va shishiriladigan traplar yordamida yo‘lovchilarni tezda tahlikali hududdan olib chiqqan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisada hech kim jabrlanmagan va yong‘in tezda bartaraf etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Denver shahrida United Airlines aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737 samolyotining dvigateli quyon sabab yonib ketgadi. Hodisa samolyot Denverdan Kanadaning Edmonton shahriga uchib ketayotganida yuz  bergan. Bu vaqtda layner bortida 153 yo‘lovchi va 6 ekipaj a’zosi bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh samolyot Orlando

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing