AQSHda ishsizlik tarixiy rekordni yangilashga yaqin turibdi

Olam

image

AQSH Mehnat vazirligi hisobotiga ko‘ra so‘nggi bir hafta ichida mamlakatning 4,4 million fuqarosi ishsizlik nafaqasini olish uchun murojaat qilgan. Bu haqda CNBC xabar bermoqda.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiya davrida 26 milliondan ortiq amerikalik moliyaviy yordam so‘rab murojaat qilgan.

Biroq tahlilchilarning ta’kidlashicha, haqiqiy ishsizlik darajasi yuqori. Berilgan arizalarni hisobga olgan holda, mutaxassislarning fikriga ko‘ra, mamlakatda ishsizlar soni 33 milliondan oshgan. Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda ishsizlik darajasi 20,6 foizga ko‘tarildi, bu 1934 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Capital Economics’ning iqtisodchisi Pol Eshvortga ko‘ra, ishsizlik darajasi 23 foizga ko‘tariladi, bu Buyuk depressiya davriga yaqin - 1933 yilda 24,9 foizni tashkil etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh

Baholaganlar

81

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing