AQSHda favqulodda holat e’lon qilindi
Olam
−
14 mart 2020
10571Koronavirus tarqalishi sababli AQSHda favqulodda vaziyat e’lon qilindi. Bu haqda “Reuters” xabar bermoqda.
Oq uy rahbari Donald Trampning aytishicha, bu rejim koronavirus bilan kurashish uchun 50 milliard dollargacha mablag‘ ajratish imkoniyatini beradi.
Ma’lumot uchun, AQSHda hozirda 2 294 kishi koronavirus yuqtirib olgan. 50 kishi vafot etgan.
13 mart kuni Estoniyada favqulodda holat e’lon qilindi. 1 mayga qadar u yerda barcha ommaviy yig‘ilishlar, konsertlar va sport tadbirlari taqiqlandi. Muzeylar va kinoteatrlar yopilib, maktablarda masofadan o‘qitish tizimiga o‘tildi. Shifoxona va qamoqxonalarga kirish taqiqlandi, chegarada, ayeroport va portlarda sanitariya nazorati kuchaytirildi.
LiveBarchasi