Bayden Parijga boradi
Olam
−
30 may
4063AQSH Prezidenti Jo Bayden kelasi oyda Fransiyaga boradi. Bu haqda Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning matbuot xizmati xabar berdi.
“Makron 8 iyun kuni Bayden va uning rafiqasi Jillni qabul qiladi. Ikkala Prezident ham Fransiya va qit’ani fashistlar Germaniyasining ishg‘olidan ozod etilganiga 80 yil to‘lganda Yevropaga urush qaytgan bir vaqtda Ukrainani uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlash zarurligini muhokama qiladi”, deyiladi xabarda.
Ushbu kun munosabati bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda ishtirok etishi kutilayotganlar orasida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham bor.
Baydenning davlat tashrifi Fransiya va AQSH o‘rtasida xalqaro voqealar – kelasi oy Italiyada bo‘lib o‘tadigan G7 sammiti va iyul oyida Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan NATO sammiti oldidan jahon inqirozlari bo‘yicha “muvofiqlashtirish" imkonini beradi.
“Muhokamalar iqlim bilan bog‘liq masalalarni ham o‘z ichiga oladi va ikki tomonlama hamkorlikni, xususan, iqtisodiy, kosmik va yadroviy sohalarda mustahkamlashga qaratiladi”, deyiladi bayonotda.
Ma’lumot uchun, Makron va uning rafiqasi Brigette 2022 yil dekabrda AQSHga davlat tashrifi bilan borgandi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Makron Rossiya-Ukraina mojarosi paytidagi sa’y-harakatlari uchun mukofotlangandi.
Muhammadjon Haydaraliyev