Shoshilinch! O‘zbekistonga 6 mamlakat fuqarolarining kirishi taqiqlandi
Jamiyat
−
14 mart 2020
19186O‘zbekiston 6 mamlakat fuqarolariga eshiklarini yopdi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
13 mart kuni O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Unda maxsus qaror qabul qilinib, Xitoy Xalq Respublikasi (XXR), Koreya Respublikasi, Italiya, Eron Islom Respublikasi, Fransiya Respublikasi va Ispaniya Qirolligi fuqarolari va ushbu davlatlarda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga barcha turdagi chegara o‘tkazish punktlari orqali kirib kelishi vaqtincha to‘xtatilishi belgilangan.
Qarorga ko‘ra, cheklovlar quyidagi shaxslarga taalluqli emas:
• diplomatik va xizmat pasporti egalari;
• cheklov o‘rnatilgan mamlakatlar fuqarolari va ushbu davlatlarda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston hududiga kirib kelishidan oldin oxirgi 14 kun ichida cheklov o‘rnatilgan mamlakatlarda bo‘lmagan bo‘lsa.
Ta’kidlash joizki, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rasmiy saytida JSST rahbari A.Tedros 2020 yilning 11 mart kuni ushbu kasallikni dunyo bo‘ylab shiddat bilan tarqalayotgani, kasallikning yuqishini inobatga olgan holda dunyo bo‘yicha “pandemiya” holati ekanligi e’lon qilingan.
LiveBarchasi