AQSHda cho‘chqa buyragi bemorga muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi

Salomatlik

image

Amerika Qo‘shma Shtatlarida cho‘chqa buyragi muvaffaqiyatli transplantatsiya qilingan bemor shifoxonadan chiqdi. Bu haqda Massachusets umumiy shifoxonasi o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, ikki hafta oldin dunyoda birinchi marta geni o‘zgartirilgan cho‘chqa buyragi 62 yoshli Rik Sleymanga transplantatsiya qilingan. 3 aprel kuni u shifoxonadan chiqarilgan. Operatsiya Bostondagi Massachusets umumiy shifoxonasida mart oyi oxirida bo‘lib o‘tgandi.

“Biz bugun, genetik jihatdan o‘zgartirilgan cho‘chqa buyragi transplantatsiyasi amalga oshirilgan birinchi bemorimiz Rik Sleyman shifoxonadan chiqarilganidan xursandmiz. U sog‘aymoqda va oilasi bilan uyda davolanishda davom etadi”, deyiladi X’da.

Ma’lumot uchun, Sleyman uzoq vaqtdan beri buyrak yetishmovchiligidan aziyat chekkan. Olti yil oldin xuddi shu shifoxonada unga odam buyragi qo‘yilgan, ammo uning tanasi buyrakni qabul qilmagandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHda cho‘chqa yuragi implantatsiya qilingan  58 yoshli Lourens Fosett operatsiyadan olti hafta o‘tib vafot etgandi.


Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing