AQSHda bolalarning jinsiy ekspluatatsiyasida ayblangan o‘zbekistonlik deportatsiya qilindi
Jamiyat
−
09 aprel
17851Bolalarni jinsiy ekspluatatsiya qilish maqsadida sotish ayblovi bo‘yicha sudlangan O‘zbekiston fuqarosi AQSHdan deportatsiya qilindi. Bu haqda AQSH Immigratsiya va bojxona xizmati o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.
Bildirilishicha, O‘zbekiston fuqarosi M.A. bolalarni jinsiy ekspluatatsiya qilish maqsadida sotish bilan bog‘liq uchta jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilgan. U qamoq jazosini o‘tab bo‘lgach, AQSH Immigratsiya va bojxona xizmati tomonidan O‘zbekistonga deportatsiya qilingan.
Shuningdek, AQSH Ichki xavfsizlik vazirligi bunday jinoyatlarga qarshi kurash doirasida “Know2Protest” nomli milliy kampaniya davom etayotganini eslatib o‘tdi. Bu kampaniya bolalar, o‘smirlar, ota-onalar hamda kattalarni internetdagi jinsiy zo‘ravonlik va ekspluatatsiyadan himoya qilish va xabardor qilishga qaratilgan dastur hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, 7 aprel kuni Vashingtonda O‘zbekiston Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Abdulaziz Komilov bilan uchrashgan AQSH Davlat kotibi o‘rinbosari Kristofer Landau noqonuniy immigratsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy hamkorlik uchun O‘zbekistonga minnatdorlik bildirgan edi.
LiveBarchasi