AQSHda bir uydan 5 kishi otib tashlandi. Ularning 2 nafari bolalar

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSHning Shimoliy Karolina shtatida bir oilaning besh a’zosi, jumladan ikkita bola otishma qurboni bo‘ldi. Bu haqda "ABC News" xabar bergan. 

"Otishma natijasida besh kishi halok bo‘ldi. Robert Lesli va uning rafiqasi Barbara Lesli uyidan topilgan. Er-xotin va ularning ikki nevarasi o‘q otish natijasida vafot etgan. Ularning uyida ishlagan gastoniyalik Jeyms Lyuis ham o‘q jarohatidan vafot etgan", deyilgan xabarda. 

Telekanal xabariga ko‘ra, oltinchi jabrlanuvchi omon qolishga muvaffaq bo‘lgan, u shifoxonaga yetkazilgan. 

Qayd etilishicha, gumonlanuvchi yaqin atrofdagi uydan topilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, AQSHda o‘qotar qurol ishlatilishi bilan bog‘liq shunga o‘xshash hodisalar tez-tez uchrab turadi. 

Eslatib o‘tamiz, AQSHning Kaliforniya shtati Orinj shahrida kamida to‘rt kishining hayotiga zomin bo‘lgan otishma sodir bo‘lgandi.  

Shuningdek, AQSHning Kolorado shtati Boulder shahrida Ahmad Ali Alivi Alissa ismli shaxs oziq-ovqat do‘koni yonidagi avtoturargohda o‘t ochib, 10 kishini otib tashlagandi. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh otishma

Baholaganlar

458

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing