AQSHda 40 yoshli kishi va mahalliy politsiya o‘rtasida otishma. 10 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
Olam
−
01 iyun 2019
5325Bugun, 1 iyun kuni AQSHning kurort shaharlaridan biri hisoblanadigan Virjiniya-Bichda otishma kelib chiqdi.
Sodir bo‘lgan otishmada halok bo‘lganlar soni 12 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Mahalliy politsiya boshlig‘i Jem Server OAVga ma’lum qilgan.
Oldinroq, otishmada 11 kishi halok bo‘lgani va yana 6 kishining jarohatlangani haqida xabar qilingan edi.
Ma’lum qilinishicha, otishma Virjiniya-Bichdagi ma’muriy binolarining birida sodir bo‘lgan. Otishma to‘rt nafar mahalliy politsiya vakili va gumonlanuvchi o‘rtasida uzoq davom etganligi aytilmoqda.
Otishmani keltirib chiqargan gumonlanuvchi 40 yoshli Deueyn Kreddok ekanligi ma’lum qilindi. U binoning uch qavati bo‘ylab qurol bilan harakatlangan holda odamlarni o‘qqa tutgan. Ayni paytda uning qamoqqa olinagani haqida ma’lumotlar mavjud emas.
LiveBarchasi