AQSHda 158 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
3-sahifa
−
24 Oktabr 2023
11712AQSHning Luiziana shtatidagi ko‘prikni qalin tuman qoplashi tufayli 158 ta mashina to‘qnashib ketdi. Bu haqda “RuPosters” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Yangi Orlean g‘arbidagi hududda “super tuman” hodisasi kuzatilishi tufayli ko‘prikdan o‘tayotgan mashinalarda ko‘rish masofasi deyarli butunlay yo‘qolgan. Oqibatda 158 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘lgan va kamida 7 kishi halok bo‘lgan, 25 kishi shifoxonaga yotqizilgan.
“Qurbonlar soni ortishi kutilmoqda, chunki qulflangan mashinalarda odamlar bo‘lishi mumkin. Hozirda xavfsizlik xizmatlari vayronalarni tozalashda davom etmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 21 oktyabr kuni Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida 6 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan edi.
LiveBarchasi